Apple korporatsiyasi subpudratchi korxona orqali foydalanuvchilarning ovozli buyruqlari va shaxsiy suhbatlarini tinglash uchun xodimlarni ishga oladi. Bu haqda El Pais gazetasi xabar berdi.
Nashrning yozishicha, kompaniyaning Ispaniyada xodimlari bo‘lib, ular turli tillardagi, jumladan, fransuz va nemis tillaridagi yozuvlarni tinglashadi. Gazeta manbalarining so‘zlariga ko‘ra, bu Siri ovozli yordamchisining dasturiy ta’minotini yaxshilash uchun amalga oshiriladi. Ammo nashrning yozishicha, nafaqat Siri buyruqlari, balki telefon egalarining shaxsiy suhbatlari ham tinglanadi.
Yozuvlarni tinglash subpudratchi korxona orqali amalga oshiriladi.
Kompaniya o‘z navbatida "Apple’ning barcha mahsulot va xizmatlari shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan bo‘lib, kimga nimani taqdim etishni faqatgina foydalanuvchining o‘zi hal qilishini" ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi