Foto: «howtotechglitz.com»
«O‘zbektelekom» AK 2019 yil 1 avgustdan e’tiboran «Teznet business» tarif rejalariga o‘zgartirishlar kiritadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu seriyadagi barcha tarif rejalarida abonent to‘lovi o‘zgartirilmagan holda internetdan foydalanish tezligi 50 foizgacha oshiriladi.
Misol uchun, «Teznet business 1» tarif rejasida tezlik 3 Mbit/s.gacha oshiriladi, avval bu ko‘rsatkich 2 Mbit/s.ni tashkil etar edi. «Teznet business 2»da esa 4 Mbit/s.dan 6 Mbit/s.gacha va «Teznet business 7»da esa tezlik 40 Mbit/s.dan 50 Mbit/s.gacha oshiriladi.
«O‘zbektelekom» AK taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va ularning narxini pasaytirish bo‘yicha muntazam ravishda ish olib bormoqda, deyiladi kompaniya xabarida.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbektelekom» avvalroq jismoniy shaxslar uchun UNLIM seriyasining ayrim tarif rejalarida tezlikni oshirgan hamda yuqori tezlikdagi internetini 22 foizga arzonlashtirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin