Milliy bank metroda yo‘l haqini kontaktsiz to‘lash tizimini yo‘lga qo‘ymoqda

Milliy bank metroda yo‘l haqini kontaktsiz to‘lash tizimini yo‘lga qo‘ymoqda
Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) metroda yo‘l haqini HUMO kartalari orqali kontaktsiz to‘lash bo‘yicha tajriba loyihasini boshlab yubordi.

Yo‘l haqini kontaktsiz tarzda to‘lash (BMPM) Toshkent metropoliteni va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamkorligidagi sa’y-harakatlari orqali joriy etildi.

Yo‘l haqini HUMO bank kartasi orqali kontaktsiz tarzda to‘lash uchun ilk turniket Chilonzor yo‘lining «Xalqlar do‘stligi» metro bekatida o‘rnatildi. Ayni paytda u tajriba tariqasida ishlamoqda.

E’tiborli tomoni, Milliy bank tomonidan ushbu amaliyot ilk bora yo‘lga qo‘yilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar