Foto: Google Images
HeadHunter o‘zbekistonliklarning ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan munosabati natijalarini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Daryo nashri.
Unda aytilishicha, o‘zbekistonliklar ijtimoiy tarmoqlar ichida eng mashhuri deb Telegram va YouTube’ni ko‘rsatgan. Instagram, Facebook, VKontakte, Odnoklassniki, Linkedln, Twitter, Snapchat esa nisbatan kamroq foydalaniladi.
So‘rovnomada 195 nafar kishi ishtirok etgan bo‘lib, ularning 63 foizi erkaklar, 37 foizi ayollardir. Hisobotda aytilishicha, so‘rovnomada 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lganlar faol ishtirok etgan.
Qayd etilishicha, ularning 78 foizi ijtimoiy tarmoqlardan har kuni foydalanadi. Bunda ishtirokchilarning 82 foizini tig‘iz kun tartibiga ega bo‘lganlar tashkil etadi. Ish yoki o‘qishdan bo‘sh vaqtni ishtirokchilar o‘z oila a’zolari davrasida o‘tkazish, kitob o‘qish, musiqa tinglashga sarflaydi.
So‘rovnomada ishtirok etganlarning 41 foizi kun davomida ijtimoiy tarmoqlarga o‘rtacha 1 soatdan 3 soatgacha vaqt sarflashi, 35 foizi 1 soatdan ortiq vaqt o‘tkazmasligi, 13 foizi esa bunga 3 soatdan ortiq vaqt sarflashi aytilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi