date
views 2 450

AQSHda qismlari 3D-printerda bosilgan haydovchisiz avtobus yaratildi (video)

AQSHda qismlari 3D-printerda bosilgan haydovchisiz avtobus yaratildi (video)
Foto: Local Motors
AQSHning Local Motors kompaniyasi 80 foiz detali 3D-printerda bosilgan va sunʼiy ong bilan boshqariluvchi Olli 2.0 mini-avtobusini taqdim qildi.

Mini-avtobus universitetlar kampuslari, shifoxonalar, yotoqxonalar va harbiy bazalar hududlari boʻylab harakatlanish uchun moʻljallangan. Avtobus bir quvvatlanishda 160 km yoʻl bosa oladi, maksimal tezligi 40 km/soatni tashkil qiladi. Avtobus oʻz ichiga 12 kishini sigʻdira oladi.

Olli 2.0 radiokarnaylar tizimi va piyodalar uchun moʻljallangan old va orqa tomondan ekranlar bilan jihozlangan. Old ekranda avtobusni insonga oʻxshashroq qilish maqsadida koʻzlar koʻrsatilishi mumkin. Avtobus, shuningdek, sensor ekranlar hamda yoʻlovchilar kayfiyatini tahlil qilish va yoʻnalishni optimallashtirish tizimi bilan jihozlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQSHda qismlari 3D-printerda bosilgan haydovchisiz avtobus yaratildi (video)