
Foto: DZYNE Technologies
Amerikaning DZYNE Technologies kompaniyasi har qanday samolyotni boshqara oladigan robotni ishlab chiqdi.
ROBOpilot deb nomlanuvchi bu robot samolyotni boshqarishi uchun u uchuvchi o‘rindig‘iga joylashtiriladi hamda qo‘l-oyoqlari boshqaruv ruli va pedallarga qo‘yiladi. Robot boshqaruv panelini kompyuterlashgan nigohi orqali ko‘radi, belgilangan yo‘nalishni saqlaydi va hech kimning yordamisiz samolyotni qo‘ndiradi.
9 avgust kuni ROBOpilot AQSh fuqaro aviatsiyasi federal boshqarmasi sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi. Oradan bir necha hafta o‘tgach, u yana bir sinov topshirdi va xatoga yo‘l qo‘ydi, ammo xatoning qanchalik jiddiy ekanligi ma’lum qilinmagan.
Robot narxi qancha turishi noma’lum, lekin u avtonom samolyot ishlab chiqarishdan ko‘ra ancha arzonga tushishi aniq. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar