Foto: Telegram / @ExoUzbekistana
Toshkentga Belarusning «Belkommunmash» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektrobus olib kelindi. Bu haqda Telegram’dagi «Exo Uzbekistana» kanalida fotoxabar qoldirilgan.
Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va «Belkommunmash» rahbari Vladimir Korol o‘rtasida 2018 yil sentyabrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuniga ko‘ra, Belarus elektrobuslaridan birini Toshkentda sinab ko‘rish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.
Foto: Telegram / @ExoUzbekistana
Sinov muvaffaqiyatli chiqsa, tomonlar muzokaralarni kengaytirilgan tarkibda davom ettirishi ta’kidlangan edi. 2019 yilning iyun oyida esa Toshkentda elektrobuslar uchun zarur infratuzilmani tayyorlash ishlari olib borilayotgani ma’lum bo‘lgan edi.
Avvalroq, 2018 yil sentyabrida «Toshshahartransxizmat» kompaniyasi rahbariyati «yaqin bir-bir yarim yil davomida» 10—15 ta elektrobusni yo‘nalishlarga chiqarishni ko‘zda tutuvchi loyiha ustida ish olib borilishini ma’lum qilgan edi.
Qayd etish joiz, Toshkent 2010 yillar boshiga qadar elektr transporti taraqqiy etgan zamonaviy shaharlardan biri edi. O‘zbekiston poytaxtida dastlab 2010 yilda trolleybuslar qatnovi tugatilgach, so‘ng 2016 yili bir asrdan ziyodroq tarixga ega tramvay faoliyatiga barham berilgan edi.
Ma’lumot uchun, Toshkent yo‘llarida 2018 yili Belarusning boshqa ishlab chiqaruvchisi — «MAZ»ning o‘rta va katta sig‘imli avtobuslari sinovdan o‘tkazilgan edi. Bu avtobuslar gazda harakatlanar edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi