Foto: CTRLlabsCo / Twitter
Facebook kompaniyasi kompyuterni miya impulslari yordamida boshqarish imkoniyatini beruvchi dasturiy ta’minot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan CTRL-Labs startapini sotib olganini e’lon qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Facebook vitse-prezidenti Endryu Bosuortning so‘zlariga ko‘ra, CTRL-Labs ishlanmalaridan biri bilaguzuk bo‘lib, u miyadan keladigan signallarni o‘qiydi. Bunday bilaguzuk yordamida kompyuterda klaviatura ishlatmasdan matn terish mumkin.
Agentlikning qayd etishicha, kelgusida bu texnologiya smartfonlarda joriy etiladi va virtual voqelik ko‘zoynagi bilan birgalikda foydalaniladi. Telefon, ko‘zoynak va bilaguzuk yordamida kompyuterni klaviatura va sichqonchasiz boshqarish mumkin bo‘ladi.
CNBC manbalarining xabar berishicha, shartnoma qiymati 500 mln dollardan 1 mlrd dollargachani tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi