07:43 / 05.11.2019
4 883

O‘zbekistonda 29 millionga yaqin mobil qurilma ro‘yxatga olindi. Endi ular kuzatiladimi?

O‘zbekistonda 29 millionga yaqin mobil qurilma ro‘yxatga olindi. Endi ular kuzatiladimi?
2019 yilning 1 aprelidan 1 noyabrga qadar qariyb 29 mln mobil qurilma UZIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Qahramon Yo‘ldoshevga asoslanib, Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Vazir o‘rinbosari, shuningdek, mobil qurilmalar IMEI kodlarining ro‘yxatga olinishi bilan foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari yig‘ilib, telefonlar kuzatilishi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan gap-so‘zlarga ham izoh berdi.

Yo‘ldoshevning so‘zlariga ko‘ra, yangi tizimni joriy qilish jarayonida vazirlik Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi bilan UZIMEI tizimidan hamkorlikda foydalanish bo‘yicha idoralararo bitim tuzgan.

«Qaysi holatda fuqaroga nisbatan ma’lumot kerak bo‘lganda, tizimning funksiyalaridan foydalanish tartiblari bitimda ko‘rsatilgan. Ya’ni operator o‘zi mustaqil ravishda biror bir fuqaroga tegishli bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxsga berishga haqqi bo‘lmaydi. Faqatgina Ichki ishlar vazirligining bitim doirasidagi, ya’ni reglament doirasidagi tartiblar bo‘yicha ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi», – dedi Qahramon Yo‘ldoshev dushanba kuni matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishning birinchi bosqichida – 1 apreldan 1 noyabrgacha bo‘lgan davrda faol SIM-kartasi bo‘lgan barcha mobil qurilmalar avtomatik UZIMEI tizimiga kiritildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda 29 millionga yaqin mobil qurilma ro‘yxatga olindi. Endi ular kuzatiladimi?