Freedom House xalqaro nohukumat tashkiloti dunyo mamlakatlaridagi internet erkinligi bilan bogʻliq vaziyat toʻgʻrisidagi tadqiqotini eʼlon qildi.
Reytingga koʻra, Oʻzbekiston 100 balldan 26 ball toʻpladi, bu oʻtgan yilgi koʻrsatkichdan atigi bir ball yuqoridir.
Reytingda mamlakatlar uch omil: internetga kirishga hukumat tomonidan toʻsiq, senzura va foydalanuvchi huquqining buzilishi boʻyicha baholandi. Reytingda butun dunyodagi foydalanuvchilarning 87 foizini qamrab olgan 65 mamlakatdagi internet erkinligi baholangan. Hisobotda 2018-yil iyundan 2019-yil maygacha boʻlgan vaziyat tahlil qilingan.
“Oʻzbekistonda internetda erkin fikr bildirish uchun kichik makon paydo boʻlgan boʻlsa-da, internet qatʼiy nazorat ostida qolmoqda. Aksariyat (ammo barcha emas) xalqaro ommaviy axborot vositalari veb-saytlariga kirish tiklangani tahsinga loyiq, bu deyarli 15 yillik mustaqil tanqidiy fikrlarga toʻsiq qoʻyish siyosatiga barham berilganini anglatadi”, - deyiladi hisobotda.
Qayd etilishicha, Oʻzbekistonda internet tezligi nisbatan pastligicha qolmoqda. Abonentlar sifatsiz aloqa va tez-tez uzilishlarga duch kelmoqda. Speedtest maʼlumotiga koʻra, 2019-yil may holatiga keng polosali aloqa tezligi 14,37 Mbit / sni tashkil etgan (jahonda 131-oʻrin) boʻlsa, mobil keng polosali aloqa tezligi 9,77 Mbit / s boʻlgan (129-oʻrin).
“Oʻzbekiston hukumati internetda fikr bildirganlik uchun jazolashda keng vakolatlarga ega va ijtimoiy tarmoqlarni muntazam nazorat qiladi”, - deyiladi tadqiqotda.
Hisobotda aytilishicha, 65 mamlakatdan 33tasida internet erkinligi yomonlashgan. Bu borada eng yomon koʻrsatkich Sudan va Qozogʻistonda qayd etilgan. 16 mamlakatda koʻrsatkich yaxshilangan boʻlib, eng katta oʻsish Efiopiyada boʻlgan. AQSHda ham internet erkinligi bilan bogʻliq vaziyat yomonlashgan. Xitoy internet erkinligini buzish boʻyicha qatorasiga toʻrtinchi bor birinchi oʻrinda qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi