Foto: China Mobile
Xitoyning China Mobile mobil aloqa operatori o‘zining har yillik “Intellektual qurilmalar sifati haqida hisobot”ini e’lon qildi. Ushbu hisobotda yilning eng yaxshi smartfonlari ham e’lon qilingan. Ta’kidlanishicha, ko‘pchilik ko‘rsatkichlarga ko‘ra Huawei Mate 30 qatori smartfonlari yetakchilik qilgan.
Huawei Mate 30 Pro 5G smartfoni 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi eng yaxshi mobil telefon uchun mukofot olgan. Bundan tashqari, qurilma o‘yin o‘ynash imkoniyatlari uchun ham 5 ball olgan. Huawei Mate 30 Pro esa video sifati va uni tahrirlash imkoniyatlari uchun eng yuqori ball olgan.
China Mobile’da ta’kidlanishicha, Mate 30 qatorining muvaffaqiyati Huawei Kirin 990 chipi, barqaror aloqa uchun yaxshilangan antennalar, kam elektr iste’moli va issiqlikni yaxshi tarqatishi bilan bog‘langan.
Huawei Mate 30 Pro 5G smartfoni iPhone 11 Pro Max, Oppo Reno Ace va boshqa raqobatchi modellardan ustunroq bo‘lgan.
Shuningdek, Huawei Mate 30 Pro smartfoni 430 dollardan qimmatroq smartfonlar o‘rtasida 5 ball olgan. China Mobile Conference hakamlari ushbu telefonni 2019 yilning eng yaxshi smartfoni deb tan olishgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi