12:33 / 23.11.2019
3 434

Apple Rossiya bozorini tark etmoqchi

Apple Rossiya bozorini tark etmoqchi
Rossiya Davlat Dumasi mamlakatda sotiladigan smartfonlarda rus dasturlarini majburiy oldindan o‘rnatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini uchinchi o‘qishda ma’qulladi. U 2020 yil 1 iyuldan kuchga kiradi.

Qonun loyihasi ilk muhokamaga qo‘yilgan paytlardanoq uni “Apple’ga qarshi qonun” deb atay boshlashdi. Chunki uchinchi tomon dasturlarini oldindan o‘z qurilmalariga o‘rnatish Apple siyosatiga ziddir. Amerika kompaniyasi Rossiya bozorini tark etishi haqida ogohlantirdi.

Vaziyatdan xabardor The Bell manbasining aytishicha, hozircha qonunning qanday ishlashi aniq emas – hammasi qonun osti hujjatlarida qayd etiladigan ilovalarga bog‘liq.

Oldindan majburiy o‘rnatiladigan ilovalar ro‘yxati hukumat tomonidan tasdiqlanishi kerak. Rossiya aloqa vazirligi uni qidiruv tizimlari va brauzer bilan cheklashni taklif qilgan.

Shuningdek, elektronika sohasidagi ishlab chiqaruvchilar hamda sotuvchilar ushbu qonunga qarshi chiqishgan, biroq u Kreml tomonidan qo‘llab-quvvatlanganligi uchun qabul qilingan.

Oxirgi paytlarda Rossiya elektronika va raqamli texnologiyalar bozorida keng omma manfaatlariga zid bo‘lgan qarorlar hamda yangiliklar e’lon qilinmoqda. Avvalroq, deputat Gorelkin tomonidan ilgari surilgan qonun loyihasi natijasida Yandeks $1,5 mlrd. zarar ko‘rgan bo‘lsa, oktyabr oxiriga kelib rossiyaliklar hayotining barcha jabhalaridagi raqamli texnologiyalarning katta qismiga egalik qiladigan uchlik birlashgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple Rossiya bozorini tark etmoqchi