18:32 / 03.12.2019
3 242

Mastercard egalari HUMO terminallaridan toʻlov amalga oshirishlari mumkin

Mastercard egalari HUMO terminallaridan toʻlov amalga oshirishlari mumkin
Bugun, 3 dekabr kuni, Ground Zero markazida Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) Mastercard xalqaro toʻlov tizimi bilan HUMO tizimidagi Mastercard xalqaro kartalari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish ishga tushirilgani boʻyicha press-brifing tashkil etildi. Unda MBPM direktori Shuhratbek Qurbonov yangilik haqida batafsil axborot berdi.

«Shu yilning dekabridan boshlab Mastercard xalqaro toʻlov karta egalari hech qanday cheklovlarsiz HUMO terminallaridan foydalanishlari mumkin. Biz Mastercard tizimini HUMOʻga biriktirdik. Natijada, ushbu xalqaro kartalari orqali bemalol toʻlov amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Maqsadimiz yurtimiz mehmonlariga qulaylik yaratishdir. Umid qilamizki, bu harkatlarimiz mamlakatning sayyohlik oqimi yanada oshishiga oʻz hissasini qoʻshadi, respublika iqtisodiyoti ochiq va harakatchan boʻlishini taʼminlaydi.

Shuni ham alohida aytish kerakki, bulutli yangilanish maqsadida funksionalni ishga tushirish uchun bankka borishga ehtiyoj yoʻq. HUMO terminallari Mastercard kartalarini toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qiladi».

Shu bilan bir qatorda, tadbirda Mastercardʻning Gruziya va Markaziy Osiyo boʻyicha bosh direktori Igor Stepanov ushbu hamkorlik Oʻzbekistonning “oq iqtisodiyot”ga oʻtishida dadil qadam boʻlib xizmat qiladi. Naqdsiz toʻlovlar xavfsizlikni taʼminlash nuqtayi nazaridan ham muhimdir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Mastercard egalari HUMO terminallaridan toʻlov amalga oshirishlari mumkin