Savdo majmualari hamda turli xil metro bekatlarida yurganingizda deyarli har kuni eskalator, ya’ni o‘zyurar zinapoyalardan foydalanasiz. Aslida, ushbu siz kundalik foydalanuvchi eskalator juda qimmat, lekin shu bilan birga oddiy mashina ekanini bilasizmi?
Natan Ames 1859 yilda birinchi «eskalator», ya’ni «aylanma zinapoyalar» g‘oyasi bilan chiqib, bu uchun patent ochdi. Biroq, u hech qachon o‘z konsepsiyasining ishchi modelini yarata olmagan.
Oradan o‘ttiz yil o‘tgach, Leamon Souder eskalatorga o‘xshash qurilmalar uchun to‘rtta alohida g‘oyalarini patentladi. Biroq u ham Ames kabi o‘z orzularini ro‘yobga chiqara olmadi. Nihoyat, 1892 yilda Jessi V. Reno «to‘xtovsiz konveyer» g‘oyasi uchun o‘z patentiga ega bo‘ldi.
U shuningdek, birinchi ishlaydigan eskalatorni ishlab chiqdi - uni «qayishuvchan lift» deb nomladi hamda uni 1896 yilda Nyu-York shahrida joylashgan Koney orolidagi Eski temir iskala bo‘ylab o‘rnatdi.
Charlz Siberger ismli shaxs o‘zining ushbu g‘oya bo‘yicha o‘z patentlarini ochgan va o‘zidan oldingi mexanik Vhelerning ba’zi g‘oyalari 1899 yilda Otis Elevator kompaniyasi tomonidan qurilgan Sibergerning prototip eskalatorida ishlatilgan. Siberger 1900 yilda «eskalator» degan nomni taklif qilgan. U bu so‘zni lotinchadagi «scala», «e» va «tor» so‘zlaridan birlashtirib yasadi va ushbu so‘z «olib o‘tib qo‘yish vositasi» degan ma’noni beradi.
Dunyodagi eng mashhur eskalator tizimlaridan biri Gonkongdagi Central-Mid-Levels eskalator tizimidir. Bu dunyodagi eng uzun tashqi eskalator tizimi bo‘lib, umumiy uzunligi 792 metrni tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”