26 dekabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatida fan va robototexnika olimpiadalarida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda faol o‘quvchilar, ota-onalar, ustoz va murabbiylar ishtirok etdi.
Joriy yil 15 dekabr kuni Toshkentdagi Inxa universitetining filialida Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan umumta’lim maktablarining 3-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika fani bo‘yicha “Math League” xalqaro olimpiadasi tashkil etildi. Ushbu olimpiadada birinchi va ikkinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatining 7-sinf o‘quvchilari Murodali Kuchimov va Jahongir Ro‘ziqulov hamda ularning ustozi Nargiza Elova Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Olimjon To‘ychiyev tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, 2019 yilning 23 noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan kimyo fani bo‘yicha “6 th International Chemical Competition” xalqaro onlayn olimpiadasida Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi Durdona Muxtorxo‘jayeva va 9-sinf o‘quvchisi Azimjon Jamolov kumush medal, 9-sinf o‘quvchisi Jasur Raxmatullayev bronza medal sohibi bo‘ldilar. Shu munosabat bilan olimpiada g‘oliblariga va ularning ustozi Behzod Boltayev ham vazirlikning faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbirda ishtirok etgan ota-onalar hukumat tomonidan o‘quvchilarga yaratilgan imkoniyatlar, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlaridagi sharoitlar va ta’lim sifatini hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan bo‘lajak olimlarga qaratilayotgan e’tiborni ijobiy baholab, o‘zlarining minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Robototexnika sohasida Taylandda bo‘lib o‘tgan “21th International Robot Olympiad 2019” xalqaro robototexnika olimpiadasida faol ishtirok etib, 1 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Mazkur olimpiadada oltin medalga munosib ko‘rilgan loyihani rivojlantirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 15 mln. so‘m miqdoridagi grant mablag‘i ajratilgani to‘g‘risida sertifikat topshirildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar robototexnika sohasidagi yosh olimlar bilan suhbatlashish hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish imkoniga ega bo‘lishdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi