22:13 / 19.01.2020
2 880

Amazon to‘lovni karta o‘rniga qo‘l kafti orqali amalga oshirish imkoniyatini yo‘lga qo‘ymoqchi

Amazon to‘lovni karta o‘rniga qo‘l kafti orqali amalga oshirish imkoniyatini yo‘lga qo‘ymoqchi
Amazon kompaniyasi to‘lovni qo‘l kafti orqali amalga oshirish imkoniyatini beruvchi to‘lov terminallari yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib The Wall Street Journal xabar berdi.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Amazon yangi terminallarni qahvaxona, restoran va boshqa savdo nuqtalariga o‘rnatadi. Xabarda aytilishicha, terminaldan birinchi marta foydalanganda xaridor kafti terminal orqali skanerlanadi va u biometrik ma’lumotlarini bankdagi hisobraqamiga biriktiradi. Shundan so‘ng xarid uchun qo‘l kaftini tegizish orqali to‘lovni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Nashr suhbatdoshlarining bildirishicha, kompaniya yaqinda «kontaktsiz biometrik identifikatsiya tizimi»ni patentlash uchun ariza bergan.
Terminallar orqali kiritiladigan ma’lumotlar Amazon bulutli ma’lumotlar bazasida saqlanadi.

Kompaniya tizimni sinovdan o‘tkazish uchun Visa bilan hamkorlikni boshladi, deb ma’lum qilgan manbalar. Bundan tashqari, kompaniya Mastercard bilan muzokara o‘tkazmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Amazon to‘lovni karta o‘rniga qo‘l kafti orqali amalga oshirish imkoniyatini yo‘lga qo‘ymoqchi