09:20 / 31.01.2020
5 813

Koronavirusni yuqtirganlikni aniqlaydigan yangi dastur yaratildi

Koronavirusni yuqtirganlikni aniqlaydigan yangi dastur yaratildi
Foto: news.rambler.ru
Xitoyning “Qihoo 360” va “NoSugar Tech” kompaniyalarihamkorlikda yaqin-atrofda koronavirus bilan kasallangan insonning bor yoki yo‘qligini aniqlaydigan dastur ishlab chiqishdi.

Bu haqda “South China Morning Post” xabar bermoqda. Ilova orqali parvoz yoki poyezd raqami bilan birga sayohat kunini kiritish va o‘sha paytda atrofda bo‘lgan yo‘lovchilardan birortasi kasalxonaga yotqizilgani va unda koronavirus tasdiqlanganligini bilib olish mumkin.

Dastur yon-atrofda virusga chalingan inson borligini aniqlasa, mustaqil ravishda karantin e’lon qilish va foydalanuvchida ham alomatlar bo‘lsa (masalan, yuqori isitma), tibbiy yordam so‘rab murojaat qilishni tavsiya etadi.

Aytilishicha, “NoSugar Tech” davlatga tegishli televizion kanallar va boshqa ommaviy axborot vositalaridan olingan ma’lumotlarni yiqqan, tekshirgan va tizimga kiritgan. Ishlab chiquvchilar ma’lumotlarning yangilanishi va ishonchli bo‘lishini ta’minlash uchun sun’iy intellekt va “Big Data” texnologiyalaridan foydalanishgan.

E’tiborli jihati, dasturdan ikki kun ichida 21 milliondan ortiq kishi foydalangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Koronavirusni yuqtirganlikni aniqlaydigan yangi dastur yaratildi