date
views 4 332

Rossiya O‘zbekistonga koronavirusni aniqlovchi test-uskunalarni yubordi

Rossiya O‘zbekistonga koronavirusni aniqlovchi test-uskunalarni yubordi
Rossiya iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligi sohasidagi federal xizmat (Rospotrebnadzor) O‘zbekiston, Qozog‘iston, Armaniston va Belarusga yangi koronavirusning laboratoriya diagnostikasi vositalarini topshirdi. Bu haqda Rospotrebnadzor saytida xabar berildi.

Rossiyaning kimyoviy tahlil uchun asbob-uskunalardan iborat test tizimlari o‘zbekistonlik mutaxassislarga beg‘araz yordam sifatida yetkazib berilgan. Qirg‘iziston va Tojikistonga ham yetkazib berilishi kutilmoqda.
Test tizimlar «Rospotrebnadzor»ga tegishli «Vektor» virusologiya va biotexnologiya ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Rossiya O‘zbekistonga koronavirusni aniqlovchi test-uskunalarni yubordi