
Samsung o‘zining so‘nggi smartfonlariga tezkor quvvatlash texnologiyalarini joriy qilib kelmoqda: Galaxy S10'lar 15 vattda, Galaxy Note10'lar esa 25/45 vattda zaryad oladi, deb yozmoqda Terabayt sayti.
Galaxy S20 Ultra ham 45 vattda zaryad oladi. Aytilishicha, qurilmaning 5 000 mA/soatli akkumulatori ixtiyoriy 45 vattli zaryadlagich-adapter bilan 58 daqiqada 0% dan 100% gacha quvvat oladi.
Galaxy Note10+ ning 4 300 mA/soatli akkumulatori 25 vattli adapterda bir soatdan ortiqroq, 45 vattli zaryadlagich bilan esa bir soatga yaqin vaqt ichida to‘liq quvvatlanishini hisobga olsak, yangi flagmanning bu natijasini a’lo darajada, deb baholash mumkin.

Smartfon akkumulatori quvvati kamligida yuqori vattda, zaryad to‘lib borishi bilan esa quyiroq vattda zaryadlanadi. Aftidan, Galaxy S20 Ultra'ning akkumulatori yuqori vattda zaryadlanish bosqichini Galaxy Note10+ nikiga qaraganda ko‘proq ushlab tura oladi va natijada devays tezroq quvvatlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar