Olimlar yomg‘ir tomchilaridan elektr energiyasi olishning yangi usulini ishlab chiqdi. Ular misli ko‘rilmagan samaradorlikka erishishdi: bir tomchi yomg‘ir energiyasi 100 dona yorug‘lik diodli lampochkani yoqishga yetadi. Bu haqda Nature jurnali yozmoqda.
Xitoylik muhandislar amerikalik hamkasblari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tadqiqotida energiya ishlab chiqaruvchi qurilma uchun yangi interfeysni taklif qilmoqda.
Yomg‘ir tomchilari generator plastinasi yuzasiga tushib, aluminiyli elektrod hamda indiy va qalay oksidli elektrod orasida suv ko‘prigini hosil qiladi. Ushbu qurilmada tomchilar rezistor, qoplama esa kondensator vazifasini bajaradi.
Loyiha mualliflarining yozishicha, ularning generatorida paydo bo‘lgan oniy quvvat ilgarigi urinishlarda hosil bo‘lgan quvvatdan minglab marta yuqori bo‘lgan.
Qurilmaning amalda foydalaniladigan prototipi yaqin besh yil ichida tayyor bo‘ladi, deb va’da bermoqda olimlar.
Kelajakda har qanday yuzaga – uy tomi, qayiq korpusi yoki soyabonga tushadigan yomg‘ir tomchilaridan energiya olish mumkin bo‘ladi. Yilning ma’lum davrida kuchli yog‘ingarchiliklar yuz beradigan hududlarda esa energiya olishning bu usuli katta foyda keltirishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”