Google internetga simsiz ulanish xizmatlarini taqdim etishni boshlaydi


Google kompaniyasi mijozlarga internetga simsiz ulanish xizmatlarini taqdim etishni boshlaydi. Bu haqda «Rt.com»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
Texnologik gigant bu rejalarni AQShning ulkan telekommunikasiya kompaniyasi Sprint Corporation va T-Mobile xoldingi bilan tegishli shartnomalarni tuzgandan so‘ng amalga oshiradi.
Ayni paytda, Google bunday yangi xizmatlarni qachon taqdim etishi va ularning qanday narxlarda bo‘lishi aniq emas. The Wall Street Journal gazetasi taxminiga ko‘ra, ushbu qadam simsiz aloqalarni taqdim etuvchi boshqa kompaniyalarni narxlarni tushirishga va aloqa sifatini yaxshilashga undashi mumkin.
Foto: podrobnosti.ua / daryo
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…