11:23 / 28.02.2020
2 924

Turkiyada YouTube va bir qator ijtimoiy tarmoqlar bloklandi

Turkiyada YouTube va bir qator ijtimoiy tarmoqlar bloklandi
Turkiya rasmiylari Twitter, Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlari hamda WhatsApp messenjeri va YouTube videoxostingiga kirishni cheklashdi. NetBlocks tashkiloti taxminiga ko‘ra, bunga Suriyaning Idlib viloyatiga berilgan aviazarbalar vaqtida turk harbiylarining halok bo‘lishi haqida yolg‘on xabarlar tarqalishi sabab hisoblanadi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 27 fevralda Suriya hukumat kuchlarining Idlibga aviazarbalar berishi oqibatida 33 turk harbiysi halok bo‘lgan, 30 dan ko‘prog‘i yaralangan.

Haberturk ma’lumotlariga ko‘ra, Turk Telekom va boshqa provayderlar foydalanuvchilarga Twitter, Instagram, Facebook hamda WhatsApp’ga kirishni cheklagan. Dirilis Postasi nashrining xabar berishicha, YouTube ham bloklangan.

Xalqaro nohukumat monitoring tashkiloti NetBlocks’ning ma’lum qilishicha, turk aloqa operatorlari ijtimoiy tarmoqlarga kirishni Idlibdagi so‘nggi voqealar bilan bog‘liq holda cheklamoqda. Bunga Idlibdagi aviazarbalar vaqtida halok bo‘lgan va yaralangan turk harbiylari haqida ishonchsiz ma’lumotlar tarqalayotgani asosiy sabab hisoblanadi.

Turkiya rasmiylari internet-resurslarga kirish cheklangani bo‘yicha hozircha izoh bermagan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Turkiyada YouTube va bir qator ijtimoiy tarmoqlar bloklandi