19:40 / 01.03.2020
4 033

O‘zbekistonlik olimlar kuyishga qarshi yara bitkazuvchi vosita olish usulini ishlab chiqishdi

O‘zbekistonlik olimlar kuyishga qarshi yara bitkazuvchi vosita olish usulini ishlab chiqishdi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti tomonidan kuyishga qarshi va yara bitkazuvchi vositani olish usuli ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi patenti olindi deb xabar bermoqda Fanlar akademiyasi.

Kuyishga qarshi va yara bitkazuvchi vosita maydalangan O‘simlik xom-ashyosini eritgich - benzin yoki geksanda ekstraksiya qilish, filtrdan o‘tkazish va eritgichni bug‘lantirish yo‘li bilan olinadi.

Yara bitkazuvchi vosita quyidagi jihati bilan farqlanadi: O‘simlik xom-ashyosi sifatida mos ravishda 2,5-1:1:1 massa nisbatida olingan na’matak mevalari (Rosa canina L.), kunjut urug‘i (Sesamum indicum L.), garmalaning yerusti qismi (Peganum harmala L.) va zizifora (Ziziphora pedicellata Pazij et Vved) qo‘llanadi, benzin yoki geksan bilan ekstraksiyalash Sokslet sistemasida 60-78°C haroratda hamda xom-ashyo: eritgichning 1:15 massa nisbatida 8-10 marta o‘tkaziladi keyin ekstrakt tabiiy lipidli moddalar miqdori 30-35 foizga yetgunicha konsentratsiya qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonlik olimlar kuyishga qarshi yara bitkazuvchi vosita olish usulini ishlab chiqishdi