
Foto: «insideHPC»
AQSHda dunyodagi eng kuchli superkompyuter — «El Capitan» yaratildi. Bu haqda «Businesswire» xabar berdi.
Superkompyuter AQSH Energetika vazirligi buyurtmasi asosida «Hewlett Packard» va «AMD» kompaniyalari tomonidan tayyorlandi.
«El Capitan» bir soniyada 2 000 000 000 000 000 000 (million trillion)gacha hisoblashni amalga oshira oladi. Solishtirish uchun: bu superkompyuterning hisoblash quvvati o‘zidan keyingi o‘rinlarda turuvchi 200 ta superkompyuterning jami quvvatiga teng.
2023 yildan to‘laqonli ishga tushiriladigan «El Capitan»dan yadroviy qurollar, iqlim, genlar mutatsiyasi, dori-darmonlar ishlab chiqarish sohalaridagi murakkab hisoblashlarda foydalanish ko‘zda tutilgan.
«El Capitan» Zen 4 arxitekturasiga qurilgan AMD protsessorlarida ishlaydi (bu protsessorlar 2021 yildan sotuvga chiqadi). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar