13:45 / 29.04.2020
2 119

“Odnoklassniki”da video qo‘ng‘iroqlar translyatsiyasini ishga tushirish imkoniyati paydo bo‘ldi

“Odnoklassniki”da video qo‘ng‘iroqlar translyatsiyasini ishga tushirish imkoniyati paydo bo‘ldi
“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida ikki va guruhli qo‘ng‘iroqlar uchun 100tagacha video qo‘ng‘iroq rejimida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga chiqish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bunga o‘zining ovozli va video qo‘ng‘iroqlar negizida ijtimoiy tarmoq ishlab chiquvchilar tomonidan amalga oshirilgan texnologiyalar tufayli erishildi.

Endi bittaga bitta, tor davrada yoki 100tagacha kengaytirilgan ishtirokchilar qo‘ng‘iroqlar yordamida foydalanuvchilar o‘zining shaxsiy profilida yoki guruhida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar olib borishlari mumkin.

Yangi imkoniyatlarning sharofati bilan, OKda qo‘ng‘iroqlar nafaqat do‘stlar va yaqinlar bilan muloqotda bo‘lish joyi bo‘lishi, balki ish bo‘yicha, biznes va ijod uchun masalalarni onlayn hal qilishga yordam beradi. Masalan, tovar yoki xizmatlar haqida taklif etilgan ekspertlar bilan birga so‘zlab berish va auditoriya savollariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali ham, undan so‘ng ham javoblar berish mumkin.

Uy sharoitlarida mashhur odamlar bilan ommaviy intervyular o‘tkazish, birgalikda musiqiy treklar yozib olish, do‘stlar bilan chellenjlarda ishtirok etish va h.k. imkoniyatlari tug‘ildi. O‘zini o‘zi yakkalatish sharoitlarida qo‘ng‘iroqlarni yozib olish va translyatsiya qilish, bularning hammasini uydan chiqmasdan turib va suhbatdoshga bevosita yaqin joyda turmasdan ham tashkil qilishga yordam beradi.

Bunda qo‘ng‘iroq translyatsiyalari mualliflari: ijtimoiy tarmoqning barcha foydavlanuvchilari uchun, faqat do‘stlar yoki guruh ishtirokchilari uchun, yoki haqola bo‘yicha privat-translyatsiya formatida ko‘zdan kechirishdan foydalanishni chegaralab qo‘yishlari mumkin.

Guruh video qo‘ng‘iroqlariga ulanishga ulgurmaganlar uchun esa keyinchalik ko‘zdan kechirishni qulaylik yaratish uchun, OK o‘z platformasida, ijtimoiy tarmoqda xuddi translyatsiyadagidek kabi, privatlilik sozlanmalari kabi videoroliklarni yanada ommalashtirish imkoniyati bilan qsho‘g‘iroqlarni yozib olish funksiyasini nazarda tutgan.

Qo‘ng‘iroq yozilishini chop etish yoki translyatsiya yaratishni shaxsiy profildan ham, guruh nomidan ham amalga oshirish mumkin. Translyatsiya suhbatdoshlar uchun syurpriz bo‘lib qolmasligi uchun, videoga yoki efirga havola qo‘ng‘iroq amalga oshiriladigan chatda darhol paydo bo‘ladi. Bunda qo‘ng‘iroq ekranida “Sizning qo‘ng‘irog‘ingiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda” yoki “Qo‘ng‘iroqni yozib olish ketmoqda” yozuvi aks etadi.

Efirga qo‘ng‘iroqni olib chiqish juda oson – chaqiruv sozlanmalarida “Qo‘ng‘iroq translyatsiyasi” bandi tanlanadi, privatlilik sozlanmalarini aniqlab, qo‘zma strim ishga tushiriladi. Qo‘ng‘iroqlarni OK veb-versiyasida yoki i Android-ilovada translyatsiya qilish mumkin, yaqin vaqt ichida ushbu funksiya “iOS”da ham paydo bo‘ladi. Videoqo‘ng‘iroqni yozib olish uchun, sozlanmalarda suhbat vaqtida “Qo‘ng‘iroqni yozi b olish” bandini tanlash kerak. Yozib olish funksiyasidan barcha platformalarda foydalanish mumkin.

Shuningdek foydalanuvchilar videoqo‘ng‘iroqni avvaldan rejalashtirilgan efirda, shaxsiy profilda ham. Guruhda ham teskari sanash orqali translyatsiya qilishni boshlashlari mumkin. Bu translyatsiyani kerakli auditoriyaga tarqatishi, tomoshabinlarga esa – uning boshlanishini o‘tkazib yubormaslik uchun, efirga obuna bo‘lishlariga imkon yaratadi.

OKdagi qo‘ng‘iroqlar platformasi sun’iy zakovat negizida ishlaydi va hatto yomon internet-ulanishda ham suratlarni yuqori sifatli qilib olish imkoniyatini beradi. Servis har bir ishtirokchi uchun tarmoq sifatini e’tiborga oladi va unga qarab alohida moslashadi. OK 100tagacha suhbatdoshlar bilan ulovchi guruhli qo‘ng‘iroqlar, ekranni namoyish etish, shuningdek mobil ilovalarda AR-niqoblar, yuvilgan fonlar va boshqa ko‘plab imkoniyatlarga ega.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » “Odnoklassniki”da video qo‘ng‘iroqlar translyatsiyasini ishga tushirish imkoniyati paydo bo‘ldi