Foto: Reuters
Yaponiya hukumati koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda Amerikaning virusga qarshi tajribaviy «Remdesivir» preparatidan foydalanishni ma’qulladi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti» Kyodo agentligiga tayanib.
Qayd etilishicha, «Remdesivir»dan foydalanishga ushbu preparatni ishlab chiqaruvchi Amerika kompaniyasi tomonidan tegishli bayonot e’lon qilinganidan 3 kun o‘tib ruxsat berilgan bo‘lib, u koronavirusni davolashda tasdiqlangan ilk dori vositasi bo‘ldi.
«Remdesivir» o‘z davrida Ebola bezgagini davolash uchun yaratilgan edi. Lekin u paytda samarali ekanligini isbotlay olmagan. Keyinchalik mazkur dori RNK tuzilishi koronavirusnikiga o‘xshash Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS) va SARS-CoV atipik pnevmoniyasiga qarshi davolashda o‘z samaradorligini ko‘rsatgan.
Preparat Amerikaning Gilead Sciences biofarmatsevtik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi. Ayni paytda xalqaro olimlar guruhi kasallikning og‘ir shakli kuzatilayotgan bemorlarda uning klinik sinovlarini o‘tkazmoqda.
Shuningdek, agentlikning ta’kidlashicha, may oyi davomida «Favipiravir» va «Favilavir» degan nomlar bilan tanish bo‘lgan «Avigan» preparati ham tasdiqlanishi mumkin. Ushbu dori vositasi olti yil avval Fujifilm Toyama Chemical Co tomonidan grippni davolash uchun ishlab chiqilgan. Ammo homila rivojlanishida yuzaga kelishi mumkin nojo‘ya ta’sirlari sababli homilador ayollar foydalanishi mumkin bo‘lgan dorilar istisno qilingan va boshqa dorilar ta’sir qilmasa, hukumatning maxsus buyrug‘i bilan qo‘llash mumkin bo‘lgan dorilar ro‘yxatiga kiritilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?