00:13 / 12.05.2020
4 259

O‘zbekistonda loyiha qiymati 30 million dollarga teng bo‘lgan “data sentr” quriladi

O‘zbekistonda loyiha qiymati 30 million dollarga teng bo‘lgan “data sentr” quriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 may kuni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda axborot texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Jahon banki hisobotiga ko‘ra, keng polosali internet tarmog‘ini 10 foiz kengaytirish evaziga yalpi ichki mahsulotni kamida 1 foiz o‘stirish mumkin.

Joriy yilda optik tolali aloqa qamrovini maktabgacha ta’lim tizimida 41 foizdan 100 foizga, xalq ta’limida 40 foizdan 70 foizga, sog‘liqni saqlash sohasida 38 foizdan 100 foizga yetkazish vazifasi belgilangan. Bu orqali ko‘plab qishloqlarga internet tarmog‘i yetib boradi.

Shu bois Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ijtimoiy ob’ektlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash, tezkor mobil internet qamrovini yil yakunigacha 90 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Bugungi kunda mavjud serverlar to‘lib borayotgani, sohadagi 300 dan ortiq loyihani amalga oshirish uchun 10 baravar ko‘p quvvatli serverlar zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Axborotlarni qayta ishlaydigan markazlarni ko‘paytirish, xorijiy kreditlar jalb etib, loyiha qiymati 30 million dollarlik “data sentr” qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda loyiha qiymati 30 million dollarga teng bo‘lgan “data sentr” quriladi