08:30 / 26.05.2020
2 480

O‘zbekistonning har bir viloyatida Yoshlar texnoparki tashkil etiladi

O‘zbekistonning har bir viloyatida Yoshlar texnoparki tashkil etiladi
O‘zbekistonning har bir viloyatida Yoshlar texnoparki tashkil etiladi. Bu haqda «Respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarorida belgilab qo‘yilgan.

Qarorga muvofiq, respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich Yoshlar texnoparklari tashkil etiladi.

Hududlarda yoshlarning intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirish texnoparklar faoliyatining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Texnoparklar Innovatsion rivojlanish vazirligi muassisligidagi hamda mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi. Texnoparklar faoliyati vazirlik huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Texnoparklar bino va inshootlarini qurish, qayta ta’mirlash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash xarajatlari Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.

Texnopark direktori tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlarining tavsiyasiga asosan innovatsion rivojlanish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi.

Qaror bilan 2020—2023 yillarda respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini bosqichma-bosqich tashkil etish reja-jadvali tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga qilgan tashrifi davomida Digital City nomli yangi texnopark bilan tanishdi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonning har bir viloyatida Yoshlar texnoparki tashkil etiladi