Foto: The Optical Society
Xalqaro tadqiqotchilar guruhi qondagi gemoglobin miqdorini bevosita aniqlash usulini ishlab chiqdi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
Ishlanma mualliflarining fikricha, ular yaratgan usul tahlil o‘tkazish uchun zarur uskunalar mavjud bo‘lmagan qashshoq mamlakatlarda qo‘l keladi.
«Gemoglobin miqdorini aniqlash uchun smartfonga maxsus dasturni yuklab olib, ko‘rsatkich barmoq bilan pastga tortilgan pastki qovoqni suratga olish kifoya. Dastur tasvirni qabul qilib, uni kompyuterga jo‘natadi. Kompyuter esa gemoglobin miqdorini spektral tahlil yordamida aniqlaydi», — deydi g‘oya mualliflari.
Qayd etilishicha, dastur keniyalik ko‘ngillilar ishtirokida sinab ko‘rilgan. Ularning gemoglobin miqdori odatiy laboratoriyada ham tekshirilgan.
«Yangi usul gemoglobin miqdorini aniqlashning an’anaviy usullaridan farq qilmasligi aniqlandi», — deyiladi xabarda.
Ishlanma mualliflari ko‘plab kasalliklarning simptomi bo‘lishi mumkin bo‘lgan anemiyani o‘z vaqtida aniqlashga yordam berishga umid qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi