16:53 / 29.06.2020
1 991

AKT vazirligi: O‘zbekistonda internet tezligi yana ko‘tarildi

AKT vazirligi: O‘zbekistonda internet tezligi yana ko‘tarildi
2020 yil iyun oyi ikkinchi yarimi holatiga ko‘ra «Ookla» kompaniyasining Speedtest.net servisi COVID-19 pandemiyasining internet global tezligiga ta’sirini e’lon qildi. Uning natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda internet tezligi yana ko‘tarilgan. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Jahon miqyosida COVID-19 pandemiyasi sharoitida iyun holatiga ko‘ra internet tezligi (Fixed Speed Change) 2 foizga, global mobil internet tezligi (Mobile Speed Change) esa dunyo bo‘ylab 8 foizga ko‘tarilgan.

O‘zbekistonda internet tezligi esa, simli internet tezligi 8 foizga (Fixed Speed Change), mobil internet tezligi esa 16 foizga (Mobile Speed Change) oshgan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda oxirgi bir yilda internet tezligi bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Tahlillarga ko‘ra, internet tezligi qariyb 2,3 barovarga o‘sgan. 2019 yil mart holati bo‘yicha tezlik 11,62 Mbit/s. bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yil 1 iyun holatida 26,77 Mbit/s. ni tashkil etdi. 2020 yil 15 iyunga kelib esa O‘zbekistonda internet tezligi 27,59 Mbit/s.gacha ko‘tarildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AKT vazirligi: O‘zbekistonda internet tezligi yana ko‘tarildi