14:51 / 15.07.2020
2 362

Toshkentda keyingi yil elektromobillar uchun dastlabki «zapravka»lar quriladi

Toshkentda keyingi yil elektromobillar uchun dastlabki «zapravka»lar quriladi
Toshkent shahrida 2021 yildan boshlab elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini qurish rejalashtirilmoqda. Bu Prezidentning 10 iyuldagi «Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan.

Mazkur qarorda uni amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» va bir qator aniq chora-tadbirlar belgilangan. Jumladan, qarorda elektromobillar uchun infratuzilmani yaratish ko‘zda tutilgan. Qarorga ko‘ra, 2020 yilning sentabr oyida xorijiy tajribani o‘rganish asosida tahliliy materiallar tayyorlanadi.

Shundan so‘ng stansiyalarni qurish uchun joylar o‘rganiladi, 2021 yilning yanvar oyida esa Toshkent shahrida Xalqaro elektrotexnika komissiyasining 61851−1-Mode 4 standartiga mos keladigan dastlabki ikkita elektromobillarni quvvatlash stansiyasini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Stansiyalarni qurish ishlari «O‘zbekneftegaz» kompaniyasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Toshkentda keyingi yil elektromobillar uchun dastlabki «zapravka»lar quriladi