19:43 / 16.07.2020
2 937

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olishdan saqlanishda yordam beruvchi mobil ilova yaratildi

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olishdan saqlanishda yordam beruvchi mobil ilova yaratildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Covid-19’ga qarshi ijtimoiy masofani saqlash bo‘yicha ogohlantiruvchi Self-Safety mobil ilovasi yaratilgani haqida xabar berdi.
«Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasi bilan to‘qnash kelgan fuqarolarni ijtimoiy masofa saqlash bo‘yicha ogohlantiruvchi Self-Safety mobil ilovasi yaratildi.

COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda mobil ilovalardan foydalanish samaradorligi Janubiy Koreya, Singapur, Isroil, Italiya, Fransiya kabi ko‘plab boshqa davlatlar tajribasida isbotlandi. Bu turdagi ilovalar jamoat joylarida sizning xotirjamligingizni ta’minlaydi, yaqin kishilaringizni kasallik yuqtirib olish ehtimoli paydo bo‘lganda ogohlantiradi
», deyiladi xabarda.

Ilova mobil telefonning GPS va Bluetooth modullari yordamida foydalanuvchilardan birida kasallik aniqlansa, bir daqiqa ichida barcha foydalanuvchilarni 5 metr radiusda kesishgan nuqtalarini solishtiradi. Kesishuv nuqtalari aniqlangach, mazkur joylarda 5 metrli radiusda bo‘lgan barcha foydalanuvchilarga PUSH-xabarnoma ko‘rinishida kasal bilan aloqada bo‘lganlik ehtimoli to‘g‘risida va keyingi xatti-harakatlar bo‘yicha tavsiyalar beradi.

Mobil ilova Android va iOS platformalarida mavjud bo‘lib, www.coronavirus.uz veb-saytidagi havolalar orqali yuklab olish mumkin. Ro‘yxatdan o‘tishda ilova GPS va Bluetooth modullarini yoqib qo‘yish lozim.

Ilova undan qancha ko‘p odam foydalansa, uyidan tashqarida ushbu ilovani faollashtirsa, shuncha sifatli va yaxshi ishlaydi.
«Shu o‘rinda biz mamlakatimiz aholisidan infeksiyani barvaqt aniqlash va tarqalishini oldini olish maqsadida Safe-Safety ilovasidan faol foydalanish, hukumat va tibbiyot xodimlariga COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashishda yordam berishga chaqirib qolamiz.

Safe-Safety ilovasini onlayn magazinlar va www.coronavirus.uz veb-sayti orqali yuklab oling. O‘zingiz va yaqinlaringizni COVID-19 xavfidan himoyalang!
», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olishdan saqlanishda yordam beruvchi mobil ilova yaratildi