2 605
VPN servislarning 20 milliondan ortiq foydalanuvchilari ma’lumoti internetga sizib chiqdi
Bepul VPN servislaridan foydalanuvchi 20 milliondan ortiq kishining ma’lumotlari internet tarmog‘ida paydo bo‘ldi. Bu haqda «Kommersant’» Isroilning vpnMentor kiberxavfsizlik kompaniyasiga asoslanib xabar bermoqda.
Xususan, foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari, shu jumladan IP manzillari, elektron pochtasi, uy manzili, maxfiy kodlari, telefon modellari va boshqa ma’lumotlar tarmoqqa sizib chiqdi.
Ushbu holat Rabbit VPN, Free VPN, UFO VPN, FAST VPN, Secure VPN va Super VPN kabi servislar foydalanuvchilari orasida yuz berdi.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, internetda paydo bo‘lgan axborotlar orasida MDH va Rossiyadagi minglab fuqarolarning ma’lumotlarini topish mumkin.
KPMG’ning Rossiya va MDH davlatlarida kiberxavfsizlik sohasida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha guruhi rahbari Ilya Shalenkovning ta’kidlashicha, bepul VPN servislari xavfsizlik va anonimlikning past darajasiga ega, shuning uchun ularni texnik jihatlarni yaxshi bilmagan odamlar ishlatadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi