O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga tegishli rasmiy vebsayt sahifasi xaker(lar) hujumiga uchradi. 24 iyul kuni soat 20.00 holatiga ko‘ra, sayt manzili orqali bosh sahifaga tashrif buyurilganda, faqat «Konkursga o‘tish» yozuvi va unga biriktirilgan havola faol ko‘rsatilgan.
«Konkursga o‘tish» yozuviga biriktirilgan havola orqali keyinga sahifaga o‘tilganda xaker(lar) tomonidan qoldirilgan murojaat kelib chiqadi.
«Axborot xavfsizligi qani, akalar? Bizning nomzodni o‘tkazmagan, voy meni akaxonlarim! [email protected]», - deya murojaat qoldirgan xaker.
Shuningdek, sayt manzili ma’lumotnomasida «hamma ma’lumot menda» degan xabar ham qoldirilgan. Ammo yozuv muallifi qanday ma’lumotlarni qo‘lga kiritganiga aniqlik kiritmagan.
Shu paytga qadar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rasmiy saytini ishdan chiqargan xaker biror talabnoma yo shartini bildirmagan.
Agentlik rasmiy vakilining ma’lum qilishicha, sayt bilan yuz bergan muammolar tez orada bartaraf etiladi.
2017 yili O‘zbekiston davlat muassasalari saytlariga 600 dan ortiq hujumlar bo‘lgan, 2018 yilda ko‘rsatkich 30 foizga kamaygan.
O‘zbekiston Kiberxavfsizlik markazi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash reytingi aniqlangandi. Adliya vazirligi mazkur reytingda 89,7 ball bilan birinchi o‘rinni egallagan, Davlat bojxona qo‘mitasi esa uchinchi o‘rinda qayd etilgandi. Ammo Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi top-10likka kiritilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi