19:30 / 25.07.2020
2 808

AQSHda ko‘p marta foydalaniladigan tibbiy niqob ixtiro qilindi

AQSHda ko‘p marta foydalaniladigan tibbiy niqob ixtiro qilindi
Foto: CNN
AQSHda yuzga taqiladigan niqobni tibbiy niqobga qaraganda yanada samaraliroq qilish yo‘lini topishdi.

Bu haqdagi so‘rovlar ko‘plab shifoxonalardan tushgan, shifokorlar epidemiya boshlanishi bilan niqoblarni takroran ishlatish imkoniyatini izlashayotgan edi. Qoidaga ko‘ra, tibbiy niqoblarni 4 soat taqish mumkin, so‘ngra uni almashtirish kerak. Natijada, ko‘plab tibbiyot muassasalarida niqoblar yetishmovchiligi yuzaga keldi.

Massachusets texnologiya instituti (MIT) va Bostondagi ayollar shifoxonasi tadqiqotchilari yangi iMASC silikon niqobni ixtiro qilishdi. Uni zararlanishdan qo‘rqmasdan, ko‘p marotaba takroran ishlatish mumkin, deb xabar berdi CNN.

Niqob N95 respiratoriga o‘xshab ketadi va aynan uning filtridan foydalanadi, shuningdek, samaradorlikda ham undan qolishmaydi. Asosiy farqi – silikon materialni sterilizatsiya qilish mumkinligida. Ishlatilgan niqob tashlab yubrilmaydi, balki sterilizatsiya qilinadi va og‘izni himoya qiladigan filtrlari almashtiriladi.

Qayd qilish joizki, N95 niqoblari eng samarali vositalardan biri hisoblanadi va 95 foiz zarralarni ushlab qolishga qodir. Ammo ular sterilizatsiya qilinmaydi va takroran ishlatilmaydi.

Tadqiqotchilar iMASC niqoblarini sterilizatsiya qilish uchun bir necha usullardan foydalanishdi. Niqob avtoklavda bug‘ bilan sterilizatsiya qilindi, duxovkaga qo‘yildi, oqartuv vositasi va izopropil spirtga solib ko‘rildi. Har bir sinovdan keyin silikon materialga hech qanday zarar yetmadi.

Endi MIT tadqiqotchilari niqobning yangi, virus zarralarini yanada samaraliroq ushlab qoluvchi turi ustida ish boshlashni rejalashtirishmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQSHda ko‘p marta foydalaniladigan tibbiy niqob ixtiro qilindi