Xitoyning elektronika tovarlari ishlab chiqaruvchi Xiaomi kompaniyasi dunyo bozorida mavjud bo‘lmagan noyob smartfonni patentladi.
Uskunaning o‘ziga xos xususiyati shuki, yuqori qismida simsiz quloqchinlar uchun mo‘ljallangan maxsus joy bo‘ladi. Unga joylashtirilgan quloqchinlar har doim quvvatlantirilib turiladi. Bu bilan kompaniya quvvatlantiruvchi alohida futlyardan to‘liq voz kechish ustida ishlamoqda. Bu esa mijozlar uchun juda qulay bo‘lishi mumkin.
Quloqchinlar ham o‘ziga xos dizaynga ega, yuqori qismi buraladigan shaklda bo‘ladi. Uni burab, quloqqa taqiladigan shaklga keltirish yoki smartfon korpusiga joylashtirish mumkin.
Quloqchinlar Bluetooth kanal orqali ulanadi. Shuningdek unda tobora ommalashib borayotgan shovqinbostirish tizimi ham bo‘ladi.
Qayd qilish joizki, ishlab chiqaruvchilar zamonaviy smartfonlarning noziklashib borayotgani, undagi elementlar zich joylashgani sababli, hatto 3,5 mm raz’yom uchun joy qolmayotganidan shikoyat qilib kelishayotgan edi. Bu muammoni Xiaomi qanday hal qilishi qiziq. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi