Telegram messenjeri Android uchun ilovada videoqo‘ng‘iroq qulayligini taqdim etdi. "2020 yil dunyo videoaloqaning ishonchli vositasiga muhtoj ekanligini ko‘rsatdi va bugun biz Android uchun ilovada videoqo‘ng‘iroq qilishning alfa-versiyasini ishga tushiryapmiz(iOS'da qo‘ng‘iroqlar imkoni bo‘lishi bilan yo‘lga qo‘yiladi), — deyiladi messenjerning rasmiy saytidagi xabarda.
Videoqo‘ng‘iroq uchun foydalanuvchi profilidagi kamera belgili tugmani bosish kerak. Suhbat chog‘ida ovozli qo‘ng‘iroqdan videoqo‘ng‘iroqqa o‘tish, yoki buning aksini qilish mumkin. Shuningdek, videoqo‘ng‘iroqni ekranning burchagiga kichraytirgan holda surib qo‘yib, chat orqali muloqot qilish ham mumkin.
Qayd etilishicha, videoqo‘ng‘iroqlar haqidagi ma’lumotlarni himoyasi ham kafolatlangan.
«Bog‘lanish xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilishingiz uchun o‘zingiz va suhbatdoshingiz ekranlarida ko‘rinib turgan to‘rtta emodzini solishtirishning o‘zi kifoya: agar belgilar mos tushsa, qo‘ng‘iroq maxfiy chatlar va ovozli qo‘ng‘iroqlarda qo‘llaniladigan shifrlash orqali ishonchli himoyalangan», — deya qo‘shimcha qiladi Telegram. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi