12:27 / 19.08.2020
7 093

O‘zbekistonda yana bir mobil aloqa operatori ro‘yxatdan o‘tdi

O‘zbekistonda yana bir mobil aloqa operatori ro‘yxatdan o‘tdi
2020 yilning avgust oyida Humans O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlanitirish vazirligidan litsenziya oldi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar berildi.

"Biz mobil operatorimizni ishga tushirish uchun barcha litsenziyalarni qo‘lga kiritdik. Endi Humans - O‘zbekistondagi beshinchi aloqa operatori. Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish uchun bizning litsenziyamiz: O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan berilgan AA 0007069-sonli ruxsatnoma. Humans telefon raqamlari +998 (33) bilan boshlanadi.

Afsuski, karantin cheklovlari va ofisning masofaviy ish tartibiga o‘tishi rejalarimizga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Shuning uchun uyali operatorning pulli xizmatlaridan va Humans bank kartasidan sentabr oyida foydalanish mumkin bo‘ladi.

Bizni qo‘llab-quvvatlaganingiz va kutganingiz uchun minnatdorchilik sifatida Humans.uz ilovasini hozirgacha yuklab olib, unga bank kartasini bog‘lagan har bir kishiga 15 mingdan bonus so‘mlarini o‘tkazib berdik.

Bu quvonchli xabarlarning hammasi emas. Birinchidan, yakunlanishi kutilgan bonus dasturining muddatlari uzaytiriladi. Biz ushbu dastur sizga ma’qul kelganini ko‘rib turibmiz va undan foydalanishda davom etishingizni xohlaymiz. Ikkinchidan, to‘plangan keshbek va bonuslar bilan endi mobil aloqaning barcha xizmatlariga to‘lov qilish mumkin. Humans'ning keshbek va bonuslari aloqa uchun chegirmalardan ko‘ra afzalroq. Humans ilovasi orqali yig‘ilgan barcha mablag‘larni yaqinlaringizga qo‘ng‘iroq qilish, internetdan foydalanish yoki chiroyli raqamni qo‘lga kiritish uchun sarflashingiz mumkin.

19 avgustdan boshlab noyob takliflar uchun to‘lov qilish va SIM-kartalarga oldindan buyurtma berish imkoni paydo bo‘ladi. 1 sentabrdan kartalarni Humans'ning xizmat ko‘rsatish ofislaridan sotib olish yoki kurer orqali uyga yetkazishga buyurtma berish mumkin bo‘ladi. Biz Humans SIM-kartalari va bank kartalarini O‘zbekistonning istalgan hududiga bepul yetkazib beramiz.

15 sentabrgacha oldindan buyurtma bergan barcha mijozlarga «Depozit evaziga cheklanmagan aloqa» xizmatidan foydalanish imkoni taqdim etiladi. Ushbu xizmatga ulangan mijoz, agar uning hisobida kamida 300 000 UZS mablag‘ bo‘lsa, bir oy davomida bepul va cheklanmagan aloqadan foydalanishi mumkin bo‘ladi" deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda yana bir mobil aloqa operatori ro‘yxatdan o‘tdi