date

Google kompaniyasi xavfsizlik sozlanmalarini tekshirgan foydalanuvchilar uchun xotira hajmini ko‘paytirib beradi

Google kompaniyasi xavfsizlik sozlanmalarini tekshirgan foydalanuvchilar uchun xotira hajmini ko‘paytirib beradi

Google xizmati foydalanuvchilari agar xavfsizlik parametrlarining ishonchliligini tekshirishga yordam bersalar, bulutli xizmatdan ikki gigabayt qo‘shimcha xotira oladilar.

Foydalanuvchilarga ikki bosqichli autentifikasiya uchun telefon raqamining mavjudligini tekshirish, yaqinda amalga oshirilgan harakatlarni (qanday qurilmalardan foydalanilganligi va xizmat qachon ishlatilganligini) va xizmatga kirishga ruxsat berilgan dasturlar, saytlar va qurilmalar ro‘yxatini tekshirish taklif etiladi.

17 fevralgacha bu sozlanmalarni tekshirganlik uchun foydalanuvchi 28 fevraldan kech bo‘lmagan muddat ichida bonus sifatida Google’ning bulutli xizmatlaridan fayl va pochta uchun ikki gigabayt qo‘shimcha xotira oladi. Hozirda kompaniya o‘z foydalanuvchilariga pochta va boshqa xizmatlar uchun 15 gigabayt xotira taqdim etmoqda.

Avvalroq Microsoft kompaniyasi Bing Rewards dasturi ishtirokchilari uchun 100 gigabayt bepul xotiraga ega bo‘lish imkonini bergan edi. Bu dastur rossiyalik foydalanuvchilarga taqdim qilinmaydi.

Manba: www.kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Google kompaniyasi xavfsizlik sozlanmalarini tekshirgan foydalanuvchilar uchun xotira hajmini ko‘paytirib beradi