Foto: Motor
Honda va Toyota kompaniyalari birgalikda vodorod avtobuslari bazasida tabiiy ofatlar vaqtida elektr ta’minotini vaqtincha tiklashda yordam beradigan ko‘chma elektrostansiyani yaratdi. Loyihaning ishlash imkoniyati sentabrda sinovdan o‘tkaziladi, deb xabar beradi Motor.
Moving e stansiyasining asosiy elementi — vodorod yoqilg‘isi elementlarida harakatlanuvchi Toyota FC Bus. Uning ballonlarida 454 kilovatt-soatgacha energiyani generatsiya qiladigan va uni ikkita Honda Power Exporter 9000 quvvat qurilmasi orqali maksimal 18 kilovatt uzatadigan modeldan ikki barobar ko‘proq vodorod saqlanadi. Ular yordamida 20 ta LiB-AID E500 portativ generatorlarini, 36 ta Honda Mobile Power Pack batareya modullarini yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilmaga ulangan moslamalarni quvvatlantirish mumkin.
Foto: Motor
Shu bilan birga, Moving e bir vaqtning o‘zida elektrostansiya rejimida ishlab, favqulodda holatlarda elektr energiyasi bilan ta’minlashi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun dam olish joyi bo‘lib xizmat qila oladi. Tizimning ishlashi sentabrdan boshlab sinovdan o‘tkaziladi.
Bunga qadar Toyota va Honda tijoriy tashkilotlar va munitsipalitetlar hukumati bilan bitim imzolab, Moving e’dan foydalanish ko‘lamini kengaytirgan: vodorod zaxirasi kichikroq tadbir yoki yo‘l xizmatlarini elektr energiyasi bilan ta’minlashga yetadi.
Foto: Motor
Foto: Motor
Foto: Motor “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi