23:43 / 02.09.2020
2 048

Apple yil oxirigacha 75 mlnta yangi iPhone sotmoqchi

Apple yil oxirigacha 75 mlnta yangi iPhone sotmoqchi
Foto: REUTERS
Apple kompaniyasi joriy yilda yangi mahsulotlari taqdimotini ikkiga bo‘lib o‘tkazmoqchi. Dastlab yangi iPhone’ning ikkita hamyonbop 5,4 va 6,1 dyuymli versiyalari chiqadi.

Smartfonlar alyumindan ishlangan korpus oladi. Keyinroq smartfonning 6,1 va 6,7 dyuymli versiyalari chiqadi. 6,7 dyuymli displey kompaniya o‘z smartfonlarini jihozlagan eng katta displey bo‘ladi. Qurilmalar A14 protsessorida ishlaydi.

Kompaniya hammasi bo‘lib yil oxirigacha yangi qurilmalaridan 75 mln dona sotishni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, kompaniya kuzda ikkita yangi planshet - iPad Air va Pro’ni, yangilangan Apple Watch soatlarini taqdim etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple yil oxirigacha 75 mlnta yangi iPhone sotmoqchi