
Foto: Samsung
Samsung kompaniyasi kuchli batareyaga ega Galaxy M51 modelini taqdim etdi. Bu haqda Janubiy Koreya brendining rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Smartfonning o‘ziga xos jihati sig‘imi 7000 mA/soatga teng batareyaga ega ekanligida. Bu kabi akkumulator qurilmaning ikki kun quvvatlantirishsiz ishlay olishini ta’minlashga qodir.

Foto: Samsung
Gadjet Snapdragon 730 protsessori, 6 gigabayt tezkor va 128 gigabayt ichki xotiraga ega.

Foto: Samsung
Samsung Galaxy M51 modeli organik yorug‘lik diodga ega faol matritsali 17 santimetrga teng FHD+ displeyi bilan jihozlangan.
Kameraning asosiy moduli 64 megapiksellni, qo‘shimcha ikkita ob’ektivi esa 12 va 5 megapiksellni tashkil etadi. Frontal kamerasi 32 megapiksellga teng.

Foto: Samsung

Foto: Samsung
Smartfon narxi 300 yevroni tashkil etmoqda, sotuvga 11 sentabrdan chiqadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar