Foto: «Afisha.uz»
Xiaomi kompaniyasi va Mijia brendi qaydlar hamda surat chizishga mo‘ljallangan katta LCD Blackboard planshetini taqdim etdi. Planshetga diagonali 20 dyuymli ekran o‘rnatilgan bo‘lib, uni stilus yordamida boshqarish mumkin, deb xabar beradi «Afisha.uz».
Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, gadjet o‘z sinfiga kiruvchi qurilmalarga nisbatan og‘irligi va korpusining qalinligi borasida katta ko‘rsatkichga ega emas. Shuningdek, planshet bir marta quvvatlanish orqali bir yil ishlay oladi.
Foto: «Afisha.uz»
LCD Blackboard displeyi suyuq kristallar asosida yaratilgan bo‘lib, undan uzoq foydalanish ham ko‘z uchun xavfsiz. Ekran teginish kuchini sezadi, yozuvlarni kiritish uchun stilusdan yoki boshqa qulay vositalardan foydalanish mumkin.
Xitoyda 20 dyuymli LCD Blackboard versiyasini 149 yuanga (22 dollar) xarid qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida Apple kompaniyasi LiDAR sensorli uchtalik kamera ega iPad Pro’ni taqdim etgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi