Foto: «Straits Times»
Singapurdagi Materialshunoslik va muhandislik instituti olimlari koronavirus alomatlarini qayd etib boruvchi maxsus datchiklar tizimini ishlab chiqishdi. Uni istalgan turdagi niqobga o‘rnatish mumkin, deb yozmoqda «Straits Times».
Ushbu «monitoring tizimi» datchiklari tana harorati, qonning kislorod bilan to‘yinganlik darajasi (saturatsiya), arterial bosim hamda yurak urishini kuzatib boradi. To‘plangan ma’lumotlar asosida foydalanuvchi koronavirusga chalingan-chalinmaganini bilib oladi.
Tizim polimer material bilan qoplangan sensorlardan iborat — ular odatda bolalar uchun o‘yinchoqlar yasashda qo‘llaniladi. Datchiklar o‘rnatiluvchi materallar egiluvchan va suv o‘tkazmaydi. Tizimda ma’lumotlarni real vaqt tartibida smartfondagi ilovaga uzatib turuvchi Bluetooth qurilma ham o‘rnatilgan.
Foto: «Straits Times»
Tizimni istalgan turdagi (bir martalik va ko‘p martalik) niqobga o‘rnatsa bo‘ladi, chiplarni istalgan paytda yechib olib, niqobni yuvib qayta foydalanish mumkin.
Sentabr oyi oxirlarida tizim klinik sinovlardan o‘tkaziladi, sinov yaxshi o‘tsa, uni tijoriy foydalanishga chiqarish rejalashtirilgan.
Narxi
Laboratoriya sharoitida bitta tizim yaratish 50 singapur dollari (36,5 AQSH dollari)ga tushishi aytilmoqda. Keng ko‘lamli yo‘lga qo‘yilsa narxi 20 singapur dollari (14,6 AQSH dollari)ga tushishi mumkin ekan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”