
Foto: malaysia.news
Singapurning Breathonix kompaniyasi mutaxassislari koronavirusni bir daqiqada aniqlovchi test qurilmasini taqdim etishdi.
Ta’kidlanishicha, qurilma respirator trubka ko‘rinishida bo‘lib, organizmda koronavirus bor-yo‘qligini aniqlash uchun unga puflash kerak.
Qurilmaning 180 ko‘ngilli ishtirokidagi sinovlari u koronavirusni 90 foizdan yuqoriroq aniqlik bilan aniqlashini ko‘rsatgan. Shu bilan birga u keng qo‘llanuvchi PSR-testlardan 70 foiz arzonroq turadi.
Tester ishlab chiqaruvchilari 2021 yil boshida mas’ul idoralardan o‘z ixtirolariga ruxsat olishga umid qilishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar