
Foto: «Informator.ua»
Microsoft kompaniyasi Xbox uslubida yaratilgan — Xbox Series X Fridge muzlatkichini taqdim etdi.
Muzlatkichning balandligi 1778 millimetrni, uzunligi 635 va eni 762 millimetrni tashkil etadi. Eshigining yuqori burchagida Xbox logotipi joylashgan bo‘lib, foydalanuvchi har safar muzlatkichni ochganida u konsolning yuklanish ovozini eshitadi.
Microsoft mahsuloti ichki tomoni bilan ham farqlanadi: rangi, muzlatkichdan chiqayotgan nur oddiy qurilmalardagi kabi oq emas, balki yashil.
Microsoft Xbox Series X Fridge’dan jami uchta yaratgan. Ularning ikkitasini kompaniya Snoop Dogg va bloger iJustine’ga sovg‘a qildi. Uchinchi muzlatkich egasi esa marka muxlislari orasidan tanlov asosida tanlab olinadi. Qurilma erkin savdolarga chiqmaydi.

Foto: «Informator.ua» “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar