Foto: vyzrtech.com
Kanadada VZYR Technologies kompaniyasi koronavirusdan himoyalashga mo‘ljallangan antiqa shlemlarni ishlab chiqara boshladi.
BioVYZR deb nomlangan shlemni 379 dollardan buyurtirish mumkin. U boshni va tananing yuqori qismini to‘liq yopadi. Shlemning orqa panelida batareyadan ishlovchi ventilator hamda havoni tozalovchi filtr joylashgan. Batareya quvvati 12 soatga yetadi.
Ta’kidlanishicha, antikoronavirus shlemni ixtiro qilgan Yezin Al-Kaysi 2 oydan beri undan foydalanmoqda. 32 yoshli ixtirochining ta’kidlashicha, ko‘pchilik uning ixtirosiga qiziqish bildirmoqda.
Olimlar hozircha ushbu shlemning samaradorligini tasdiqlashga shoshmayaptilar, chunki u hali yetarlicha o‘rganilmagan.
Avvalroq koronavirusdan himoyalovchi xuddi shunga o‘xshash qurilmaga amerikalik ixtirochi Kris Elinger patent olgan. U ishlab chiqqan NE-1 qurilmasi motosiklchilar shlemiga o‘xshaydi. Shlem havoni tozalovchi tizimga qo‘shimcha ravishda foydalanuvchi atrofdagi odamlar bilan gaplasha olishi uchun ichki va tashqi mikrofonlar va karnaylarga ega. Qurilmada, shuningdek, telefon orqali qo‘ng‘iroqni amalga oshirish va musiqa tinglash uchun Bluetooth orqali tovushni uzatish ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”