10:44 / 18.11.2020
2 586

Xitoy kompaniyasi cho‘ziluvchi displeyli smartfonni taqdim qildi (video)

Xitoy kompaniyasi cho‘ziluvchi displeyli smartfonni taqdim qildi (video)
Foto: YouTube/Oppo
Xitoyning Oppo kompaniyasi Inno Day deb nomlangan tadbir doirasida o‘zining cho‘ziluvchi displeyli smartfoni prototipini namoyish qildi.

Oppo X 2021 deb nomlangan qurilma dastlabki holatda diagonali 6,7 dyuymni, cho‘zilgan holatda 7,4 dyuymni tashkil qiluvchi OLED-displeyga ega bo‘lib, bunga korpusni yoniga kengaytiruvchi maxsus mexanizm hisobiga erishiladi. Bunda ekran to‘g‘ri to‘rtburchak shakldan deyarli kvadrat shaklga keladi. Kompaniyada ta’kidlanishicha, kengaytirilgan displey kino ko‘rish yoki o‘yinlar o‘ynashda asqotadi.

Kompaniya YouTube’da displeyni cho‘zish texnologiyasi imkoniyatlarini namoyish qiluvchi rolik joylashtirgan. Keyinroq esa Twitter’da prototip qanday ishlashini yaqqolroq ko‘rsatuvchi boshqa roliklar e’lon qilingan.

Hozircha kompaniya bunday antiqa smartfonni kelgusida bozorga chiqarishi borasida hech narsa ma’lum emas, biroq ushbu texnologiya hozirda Samsung, Huawei va Motorola kompaniyalari smartfonlarida qo‘llanuvchi bukiluvchi displey texnologiyasidan istiqbolliroq bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoy kompaniyasi cho‘ziluvchi displeyli smartfonni taqdim qildi (video)