Red Magic 2K aniqlikdagi va 185 Hz chastotali ilk smartfonni tayyorlamoqda

Nubia brendiga tegishli Red Magic liniyasining navbatdagi avlodi haqida yangi maʻlumotlar paydo boʻldi. Insayderlarning xabar berishicha, kompaniya bozorga mutlaqo yangi avlod ekraniga ega smartfonni chiqarishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Digital Chat Station insayderining maʻlumotlariga koʻra, yangi qurilmaning displey aniqligi 2K formatida boʻladi. Eng asosiysi, ushbu ekran 185 Hz yangilanish chastotasini qoʻllab-quvvatlashi bilan ajralib turadi. Bu koʻrsatkich smartfonlar bozorida rekord natija boʻlishi kutilmoqda.
Hozirgi vaqtga qadar smartfonlardagi 2K aniqlikdagi OLED-panellar odatda maksimal 144 Hz yangilanish chastotasiga ega edi. Red Magic yangi texnologiyasi bilan oʻyin smartfonlari segmentida yangi standartni oʻrnatishni maqsad qilgan.
Maʻlumot uchun, Digital Chat Station avvalroq Xiaomi 15 va Xiaomi 15 Pro smartfonlarining xususiyatlarini aniq bashorat qilgan edi. Shuningdek, u Realme GT 7 Pro Samsung ekraniga ega boʻlishi va Dimensity 9400 chipi Snapdragon 8 Elite platformasidan oldinroq chiqishi haqidagi xabarlarni birinchilardan boʻlib tarqatgan.





























Izohlar 0
…