12:40 / 27.12.2020
3 208

Rossiyada yaratilayotgan Flyter aeromobilining ilk suratlari paydo bo‘ldi (foto)

Rossiyada yaratilayotgan Flyter aeromobilining ilk suratlari paydo bo‘ldi (foto)
Foto: Instagram / Scienex
Voronejdagi Scienex startapi Rossiyada aerotaksi sifatida foydalanish rejalashtirilgan birinchi uchar avtomobil — Flyter’ning ilk suratlarini e’lon qildi. Apparat qanotlari yo‘qligi va ochiq parraklari sabab noodatiy ko‘rinish olgan, deb xabar beradi Motor.

Scienex Flyter loyihasi ustida ikki yildan buyon ish olib bormoqda. Startap shahar muhitiga ideal darajada mos keladigan aeromobilni yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Buning uchun konstruksiyaga oid bir nechta masalani hal etish kerak bo‘lgan.

Birinchidan, apparat shahar sharoitida harakatlanishi va tayyorlanmagan yuzaga qo‘nishi uchun ixcham bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, u katta ochiq parraklarga ega bo‘lishi lozim, chunki unga odam, hayvon yoki biror ob’ekt kirib ketishi mumkin. Va uchinchidan, unda multikopterlardagi aerodinamik kamchiliklar kuzatilmasligi kerak.

Foto: Instagram / Scienex

Foto: Instagram / Scienex
«Agar ochiq vint shamol yuzasiga nisbatan perpendikulyar joylashib qolsa, u xuddi yelkanga o‘xshab qoladi, megapolislarda esa shamol muntazam kuzatiladi», — deydi Scienex asoschisi Yevgeniy Tirnov.

Flyter bitta avtomobil turargohi kabi o‘lchamga ega — taxminan beshga ikki metr. Suyri shakldagi mashina yuqori aerodinamik ko‘rsatkichlarni namoyon etadi. Bu kabi konstruksiya sabab aeromobil soatiga 100 kilometr tezlikda harakatlanishi mumkin.

Haqiqiy Flyter konsepsiyadan biroz farq qiladi. Biroq uning shakli shundayligicha qoladi: aeromobil xavfsiz, ixcham va manyovrlarni bajarishga qulay bo‘ladi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, Flyter’ning tannarxi 200 ming dollarni tashkil etadi.

Foto: Instagram / Scienex

Foto: Instagram / Scienex
Startap ushbu aeromobil qanot va parraklarsiz qanday qilib havoga ko‘tarilishi mumkinligi to‘g‘risida savollarga «hozircha barcha sirlarni oshkor qilish niyatida emasligini» bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Rossiyada yaratilayotgan Flyter aeromobilining ilk suratlari paydo bo‘ldi (foto)